RAQAMLI KELAJAK
Maqola talablari
“Raqamli-iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnal uchun maqola shakllantirish tartibi
Jurnal haqida qisqacha ma’lumot. “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali 2022-yildan boshlab, to‘rt tilda – o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillardagi maqolalarni nashr etib kelmoqda.
Jurnalning davriyligi: jurnalning yangi soni har chorakda bir marotaba nashr etiladi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosatining 2023-yil 29-dekabrdagi 347/5-son qarori bilan 08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, 05.01.00, 05.04.00, 05.08.00 – Texnika fanlari bo‘yicha OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga nomzod.
Qo‘shimcha xizmat sifatida har bir maqola jurnal saytiga joylanadi.
Jurnal maqsadi talaba (bakalavr va magistrant)lar, doktorantlar va tadqiqotchi olimlar, ilmiy izlanuvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangiliklar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish jarayonlarini yoritish, hamda raqamli iqtisodiyot sohalarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.
Ilmiy maqolalarni qabul qilish va nashr ettirish. Maqolalarni tahririyatga bevosita murojaat, elektron manzil yoki telegram orqali yuborish mumkin. Maqolalar IMRAD talabi asosida o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Qabul qilingan maqolalar tahririyat tomonidan dastlabki texnik ekspertiza va taqrizdan o‘tkaziladi.
Qabul qilingan materiallarni chop etish muddatlari. Jurnalning davriy tavsif kasb etishini e’tiborga olgan holda qoida tariqasida 3 oy davomida nashr etiladi.
Majburiyat. Tahririyat tomonidan taqrizdan o‘tgan va nashrga tavsiya etilgan maqolalarda keltirilgan dalillar va ma’lumotlar uchun muallif shaxsan javobgar hisoblanadi. Tahririyat taqrizdan o‘tmagan maqolalar qaytarilishi va unga izoh berish majburiyatini olmaydi.
Maqolalarni ko‘rib chiqish. Tahririyatga kelib tushgan maqolalar o‘n (10) ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.
Murojaat uchun:
Telefon: 55 501-03-02 (27); Telegram: @DiEconomy
Elektron pochta manzili: [email protected]
Veb-sayt manzili: infocom.uz
Yuridik manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 24-uy. Pochta manzili: 100032.
Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Mahtumquli ko‘chasi, 1A uy. IT park binosi 12-qavat “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnal tahririyati.
Maqolani rasmiylashtirish
IMRAD talabi asosida tayyorlanadigan maqolalar uchun quyidagi shakldan foydalanish tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirish bo‘yicha umumiy talablar:
• Varaq formati: A4;
• Varaqning yo‘nalishi – kitob shakli;
• Maydonlar: yuqori va pastdan – 2 sm; chapdan – 3 sm; o‘ngdan – 1,5 sm.
• Maqolaning matnidagi barcha harflar – Times New Roman 14 o‘lchamda:
• Butun maqola matni uchun qator oraliq intervali – 1,15
• Barcha xatboshilar – 1,25 sm.
• Kenglik bo‘yicha tekislash;
• Maqolaning nomi, muallifning familiya, ismi va sharifi, ish joyi va lavozimi, annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak.
MAQOLANING NOMI
(Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda qalin, katta harfli formatda o‘rtada joylashishi lozim)
Muallifning familiya, ismi va sharifi
(Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda qalin, o‘rtada joylashishi lozim)
Ish joyi va lavozimi
(Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, o‘rtada joylashishi lozim)
Elektron manzil
(Times New Roman 14 o‘lchamda, giperhavolasiz o‘rtada joylashishi lozim)
Annotatsiya: Maqola annotatsiyasi 5-7 qatordan iborat bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi lozim. Annotatsiya maqolada ko‘tarilgan masala, uning dolzarbligi, masalaning yechimi uchun foydalanilgan uslubiyat, masalaning yechimi, muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi ( Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, kenglik bo‘yicha tekislash lozim).
Kalit so‘zlar: Maqolaning mazmunini ochib beruvchi kamida 7 ta so‘zni o‘zichiga oluvchi so‘zlardan iborat bo‘lishi lozim. Kalit so‘zlar ham o‘zbek, rus va ingliz tillarida har bir annotatsiyadan so‘ng yozilishi kerak (Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, kenglik bo‘yicha tekislash lozim).
KIRISH (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Maqolaning kirish qismida maqolada ko‘tarilgan muammo, uning tavsifi, maqolada tadqiq qilingan masalaning tanlanish sababi, asoslari, uning dolzarbligi va ilmiy yangiligini o‘zida aks ettirishi lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Bu bo‘limda tahlil etilgan adabiyotlar yoritiladi. Adabiyotlar tahlili qismi 14 o‘lchamda Times New Roman yozuvida shakllantiriladi.
METODOLOGIYA (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Mazkur bo‘limda ilmiy maqolada olib borilgan va o‘tkazilgan tadqiqot usuli haqida yoritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Ushbu bo‘limda maqolaga oid bo‘lgan natijalar (jadvallar, grafiklar, diagrammalar va boshqalar) berilishi mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Bu bo‘limda maqolaning tugallangan xulosasi keltiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda). Mazkur bo‘limda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi. O‘rganilgan adabiyot yoki manbaning muallifi, mavzusi, chop etilgan yili va joyi, nashriyot va qo‘llanilgan betlari ko‘rsatilshi kerak.
1. Axmedov B.I., RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISHI. “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali, Toshkent, 2023y - №2 - B. 7-9.
2. Barduhn, S. (2014). Developing cross-cultural awareness in the monolingual classroom. Teaching English, British Council, BBC. https://www.teachingenglish.org.uk/article/developing-cross-cultural- awarenessmonolingual-classroom-0
3. Karimov O.M. Raqamli iqtisodiyot – T.: Sharq, 2018. – bet 234.