RAQAMLI KELAJAK
Etika qoidalari
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnal umumqabul qilingan axloq me’yorlari va ilmiy nashrlar standartlariga rioya etadi, hamda saviyasiz maqolalarni chop etilishining oldini olish choralarini ko‘radi.
Ilmiy maqola muallifi – maqolani yozishda, uning konsepsiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy dizaynida, manba materiallarini to‘plashda, ularni tahlil qilishda va shunga o‘xshash natijalarni olishda yoki ishlab chiqishda ishtirok etgan (turli darajadagi bir nechta mualliflar) shaxs hisoblanadi. Maqolani yozishda ishtirok etgan barcha hammualliflar ushbu talablarga rioya qilishlari kerak.
Mualliflar quyidagilarga amal qilishlari talab qilinadi:
- ularning ilmiy ishi original (ilgari boshqa nashrlarda joriy yoki shunga o‘hshash shaklda e’lon qilinmagan) va ishonchli (qasddan yolg‘on yoki sohtalashtirilgan bayonotlarni o‘z ichiga olmaydi) bo‘lishi;
- boshqa mualliflarning ishidan olingan so‘zlar va bayonotlar to‘g‘ri formatlangan (manbaga havolalar va iqtiboslar ko‘rsatilishi) bo‘lishi shart. Juda ko‘p iqtiboslar (shu jumladan, keltirilmagan iqtiboslar ham), shuningdek, boshqa shaxslarning tadqiqoti natijalariga bo‘lgan huquqlarni o‘zlashtirish, o‘zining ilgari nashr etilgan maqolalarini bir nechta iqtibos shaklida yoki rasmiy iqtiboslarsiz takrorlash, har qanday shakldagi plagiat axloqqa zid va qabul qilinishi mumkin emas;
- taqdim etilgan ilmiy ish boshqa nashrlarda tahririyatlarida ko‘rib chiqilmagan, mualliflik huquqi va tegishli materiallarni nashr etish bilan bog‘liq barcha mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi hal qilingan bo‘lishi;
- taqdim etilgan maqolani yozishda, uning konsepsiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy dizaynida, manba materiallarini to‘plashda, ularni tahlil qilishda va shunga o‘hshash natijalarni olishda yoki ishlab chiqishda ishtirok etgan shaxslar maqola mualliflari soniga kirishi;
- mualliflar maqolani rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilishlari shart, shuningdek, o‘z maqolalarida aniqlangan xato va kamchiliklarni tezroq tuzatishlari uchun muharrirlar bilan ishlashlari lozim;
- agar muallif maqolani ko‘rib chiqish bosqichida yoki nashr etilgandan keyin jiddiy xatolar yoki noaniqliklarni aniqlasa, u darhol jurnal tahririyatini xabardor qilishi shart.
