Bosh sahifaga

RAQAMLI KELAJAK

Jurnal faoliyati

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali – raqamli iqtisodiyot sohasida yangiliklar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida ilmiy-amaliy va ilmiy-tahliliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish jarayonlarini yorituvchi jurnal bo‘lib, u rasman ommaviy axborot vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yilning  29-iyul sanasida davriy nashrlar uchun belgilangan № 0237-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan

Muassis: Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi

Nomlanishi: “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali
Tillari: O‘zbek
Nashr boshlanish yili: 2022
Davomiyligi: yiliga 4 ta son

Ixtisosligi (sohalar):
05.01.00, 05.04.00, 05.08.00 – Texnika fanlari
08.00.00 – Iqtisodiyot fanlari

Nashrning tili: jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida chop etiladi

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul.

Taqrizlash siyosati
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar antiplagiat uchun tekshiriladi va maqola muallifi ko‘rsatilmagan holda taqriz uchun yuboriladi

Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida har chorak (uch oy)da bir marotaba elektron ko‘rinishda chop etiladi. Tahririyat tavsiyasiga ko‘ra, jurnalning qo‘shimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.

Jurnal indeksatsiyasi

Asl manba